Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida, muammolar yechimi amalda
янв.21
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
янв.21
Sanchiqul mahallasida soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat "Mehnat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
янв.21
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI (https://kengash.gov.uz/news/24140)
янв.21
Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputat Nurmamatova Sadoqat yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur hududda Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-montaj ishlari “YTT Termiz tezkor qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Deputat tomonidan loyiha ijrosining borishi, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Slide 1 of 3