Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
Olmazor tumanidagi 20-sonli Oilaviy poliklinikada deputatlar nazorati

Olmazor tumanidagi 20-sonli Oilaviy poliklinikada deputatlar nazorati

Olmazor tumani "Gulsaroy" mahalla hududida joylashgan 20-Oilaviy poliklinikada xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash Raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev va bosh mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlarining olib borilishi ko'zdan kechirildi. Ushbu tashrif davomida, Kengash raisi poliklinikaning ta'mirlash jarayoniga oid barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqdi va mutasaddilar bilan konstruktiv suhbat o‘tkazdi.

Ta'mirlash ishlari davomida poliklinikaning binolaridagi o‘zgarishlar, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar va yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, bolalar uchun maxsus stomatologiya xonalarini tashkil etilishi nafaqat tibbiy xizmatlarning sifatini oshiradi, balki bolalarning sog'lig'ini himoya qilishda muhim qadamdir. Shuningdek, barcha zarur dori-darmonlarning mavjudligi bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Suhbat davomida poliklinikaning yangi xizmatlari haqida batafsil ma'lumotlar olindi. Kengash raisi, mutasaddilarga loyiha samaradorligini ta'minlash va kelgusida poliklinikaning tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish borasida tavsiyalar berdi. 

Suhbat davomida poliklinika rahbariyati, ta'mirlash ishlarining yakuniy bosqichiga yaqinlashganini va barcha zarur ishlarning reja asosida amalga oshirilayotganini bildirdi. Shuningdek, yangi poliklinikada bemorlar uchun zarur bo‘lgan barcha tibbiy xizmatlar va davolash uskunalari o‘rnatilgani ta'kidlandi.

Kengash raisi ushbu loyiha muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, poliklinikaning yanada samarali ishlashini va fuqarolar uchun eng yaxshi tibbiy xizmatlarni taqdim etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilishini ta'kidladi.

Slide 1 of 7