Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
📰 Yangiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

📎 Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Yangiariq tuman bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida markaz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya etilishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Mazkur tashabbus hududda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va fuqarolarning ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6