Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi Nurobod tumanida muhokama qilindi

Nurobod tumani hokimligida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiga bag‘ishlangan muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, Kengash kotibiyati mudiri B.Oblonov, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari hamda mas’ul tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

Muhokama davomida strategiyada belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar strategiya ijrosini yanada samarali tashkil etish, davlat dasturlarini joylarda sifatli amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, Nurobod tumanida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan islohotlarni izchil amalga oshirish, hudud salohiyatini yanada oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 5