Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
янв.21
“Vatanparvar oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
янв.21
Deputat yoshlar bilan bir safda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Murojaatnoma targ‘iboti
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.

           Qish mavsumida aholi, ayniqsa bolalar va bemorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tuman bo‘yicha barcha okrug deputatlari o‘z hududlaridagi maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda KVP (qishloq vrachlik punktlari)dagi isitish tizimlari holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar. Jumladan, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Akram Abdumurodov tomonidan Olmazor MFYda joylashgan ijtimoiy ob‘yektlardagi isitish tizimini ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

           O‘rganish jarayonida binolarning ichki harorati, qozonxonalar faoliyati, issiqlik ta’minoti uzluksizligi, yonilg‘i zaxirasi va muhandislik tarmoqlarining texnik holati atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan ayrim texnik va tashkiliy kamchiliklar joyida muhokama qilinib, mas’ullarga ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 7