Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ayni paytda
янв.21
Navro‘z MFYda ro‘yxatga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
📌 Huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi ko‘rib chiqildi

2026-yil 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida kun tartibidagi navbatdagi masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborot eshitildi.

Muhokamalar davomida tumanda jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining oshgani qayd etilib, mazkur holatdan kelib chiqib, masala shartli ravishda qabul qilindi hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masala muhokamasida Ishtixon tumani IIB Tashkiliy bo‘linma MBIG katta inspektori, mayor Dagarov Qiyomiddin Abdurusulovich ishtirok etdi.

Slide 1 of 3