Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ayni paytda
янв.21
Navro‘z MFYda ro‘yxatga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.

               
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputati Jumayev Olimjon Bozorovich
tomonidan tumandagi faol nuroniylarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini
takomillashtirishni mazmun-mohiyati yetkazildi. 

Uchrashuv davomida “Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, aholi
farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, bandlikni
ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
tashabbuslar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasini ilgari surilgan islohotlarning joylarda ijrosini ta’minlash,
fuqarolarning faol ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor
qaratildi. Mahallalardagi faol nuroniylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan
murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar. 

Mazkur uchrashuv faol nuroniylar bilan ochiq
va samimiy muloqotni mustahkamlash, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida
belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish
hamda ularning hayotga tatbiq etilishida jamoatchilik faolligini oshirishga
xizmat qilgani ta’kidlandi.  

Slide 1 of 1