Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
янв.21
“Vatanparvar oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
янв.21
Deputat yoshlar bilan bir safda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Murojaatnoma targ‘iboti
Olmazor tumani "Yuqori Sebzor" mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va kotibiyat mudiri D.Raxmatullayevlar ishtirokida MFY yettiligi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida davra suhbati shaklida ochiq va konstruktiv muloqot olib borildi.

Olmazor tumani "Yuqori Sebzor" mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va kotibiyat mudiri D.Raxmatullayevlar ishtirokida MFY yettiligi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida davra suhbati shaklida ochiq va konstruktiv muloqot olib borildi.

Davra suhbatida mahallaga kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Jumladan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va murojaatlar tahlil qilindi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosi yuzasidan aniq muddatlar belgilanishi, nazoratni kuchaytirish hamda aholining muammolariga o‘z vaqtida yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Slide 1 of 2