Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ayni paytda
янв.21
Navro‘z MFYda ro‘yxatga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashiga rais saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan mazkur tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Turdiyev Akrom Abdumurodovich Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi etib saylandi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10