Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilanishi — xalq manfaatlariga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Ayni paytda
янв.21
Navro‘z MFYda ro‘yxatga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim hujjat ishlab chiqildi.
янв.21
Tumandagi barcha okrug deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy ob’yektlarda isitish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.
янв.21
Nodavlat oilaviy bog‘chalar – deputat nazoratida
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat va aholi ochiq muloqotda
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 ️Bugun xalq deputatlari Uchquduq
tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

️Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi hamda kelgusi yil rejalari bilan bog‘liq
muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, tuman mahalliy budjetining 2025 yildagi
ijrosi va 2026 yil uchun mahalliy budjetni tasdiqlash, yoshlar bandligini ta’minlash
va yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi. 

  

️Shuningdek, ayollar muammolarini
tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari” bilan ishlash
holati, 2026 yil uchun soliq stavkalarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli farmoni ijrosini ta’minlash
doirasida 2026 yilda Uchquduq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

Sessiyada tashkiliy
masala ko‘rib chiqildi.  

Xalq deputatlari
Uchquduq tuman Kengashi raisligiga tuman Kengashi deputati Umrbek Salimov nomzodi
deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.  

Slide 1 of 1