Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
➡️INTENSIV BALIQCHILIK VA LIMONCHILIK — YANGI DAROMAD MANBAI

🔰#munosabat

➡️INTENSIV BALIQCHILIK VA LIMONCHILIK — YANGI DAROMAD MANBAI

🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan intensiv baliqchilikni rivojlantirish va energotejamkor limonchilik issiqxonalarini tashkil etishga qaratilayotgan e’tibor qishloq xo‘jaligida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
🏦Taqdimotda yiliga 1 million tonna baliq yetishtirish, zamonaviy issiqxonalar barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan rejalar belgilandi. Xususan, limonchilik loyihalari orqali ishsiz va kam daromadli oilalarni bandlikka jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
🏦Deputat sifatida bu yo‘nalishlarda hududlarimizning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga daromad keltiradigan loyihalarni kengaytirishni muhim vazifa, deb bilaman.
🏦Ayniqsa, Jondor tumanida ham baliqchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish orqali aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lishi kerak.
🏦Maqsadimiz — mavjud imkoniyatlarni real daromadga, yangi loyihalarni esa aholi farovonligi va barqaror bandlikka aylantirish!

Erkin Tursunov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt