Yangiliklar

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kotibligiga 7-Arna bo‘yi saylov okrugidan deputat Ulug‘bek Abduraxmanovni tayinlash to‘g‘risidagi taklif deputatlar tomonidan ma’qullandi. Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablag'lar ajratish to'g'risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Fahriddin Yusupov hisobot berdi. 

Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo'yicha tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglandi, atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10