Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi 2-Islomobod okrugi deputati B.Djumaniyozov, o’zi saylangan Urganch shahridagi Islomobod MFY da bo‘lib,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tushuncha berdi va kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha ish rejalarini kelishib oldi.
Jumladan, ijtimoiy muhofaza, sog’liqni saqlash sohasidagi muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida o’rtaga tashlangan masalalarning har biri ro’yxatga olinib, qisqa fursatlarda ijrosini ta'minlashga kelishib olindi va tegishli tashkilotlarga ijrosini ta’milash uchun so‘rov yuborildi.