Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan Qo‘qon shahar Bolalar stomatologiya poliklinikasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasada bolalarga sifatli stomatologik xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan moddiy-texnik baza atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, bolalar stomatologiya kreslolari, diagnostika apparaturalari — rentgen va viziograf uskunalari, shuningdek davolash jarayonida foydalanilayotgan stomatologik jihozlarning sozligi va amaldagi holati o‘rganildi.
Shuningdek, muassasadagi stomatologik uskunalar va asbob-uskunalarning ma’nan hamda jismonan eskirish darajasi, ularni yangilash ehtiyoji yuzasidan tahlillar olib borildi.
O‘rganish jarayonida elektr energiyasi va suv ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda foydalaniladigan zaxira generatori va suv baklarining mavjudligi hamda ishga tayyor holati ham ko‘zdan kechirildi.
Yakunda bolalarga uzluksiz va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, muassasaning texnik imkoniyatlarini yanada mustahkamlash hamda mavjud jihozlarni bosqichma-bosqich yangilash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi