35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA “QIZIL” VA “SARIQ” HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, QO‘SHIMCHA MANBALARNING SARFLANISHI HAMDA BUDJET KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat tomonidan markaz mas’ullariga qonun ijrosi,nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularga yaratilgan sharoitlar yuzasidan aniq savollar berildi.Jumladan:Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlashda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ehtiyojlarini aniqlash jarayoni qanday tashkil etilgan?Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan imtiyoz va kompensatsiyalarning o‘z vaqtida hamda amaldagi tartiblar asosida yetkazib berilishi ustidan qanday nazorat o‘rnatilgan?Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi,xususan, sport, madaniyat va ta’lim tadbirlariga jalb qilinishini ta’minlash bo‘yicha qanday imkoniyatlar yaratilgan?Markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari buzilishining oldini olish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qanday profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda?Berilgan savollar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, markaz faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.Ma’lum qilinishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish,ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, individual ehtiyojlaridan kelib chiqib ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha markaz tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli
choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda
qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 4