35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
OBODONLASHTIRISH ISHLARI KENGASH VA HOKIMIYAT HAMKORLIGIDA O‘RGANILDI.
янв.21
YER MASALASIDAGI MUROJAATLAR O‘RGANILIB, FUQAROLARGA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.
янв.21
“DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
Tumanda ijro nazorati va amaliy natijalar

                     Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan va aholi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan yer hamda uy-joylarni qonuniylashtirish masalasi yuzasidan tuman Kadastrlar palatasi rahbari hamda tuman hokimligi huquqshunosi A. G‘ulomov bilan suhbatlashdi. Suhbat markazida O‘zbekiston Respublikasining ikki ming yigirma to‘rtinchi yil beshinchi avgustdagi "O‘zbashimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi to‘qqiz yuz
o‘ttiz yettinchi sonli Qonuni va unga yaqinda, ya’ni ikki ming yigirma oltinchi yil o‘n beshinchi iyundagi bir ming bir yuz ellik uchinchi sonli Qonun bilan kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ijrosi turdi.
Muloqot davomida bir qator asosiy masalalarga e’tibor qaratildi. Birinchidan, jarayonning borishi, ya’ni tuman hududida yillardavomida hujjatsiz foydalanib kelingan yer va ko‘chmas mulklarni xatlovdan o‘tkazishhamda ularning elektronbazasini shakllantirish ishlariqay darajada tizimlitashkil etilgani muhokamaqilindi. Ikkinchidan, qonunchilikdagi yangiliklar, ya’ni joriy
yilning o‘n beshinchi iyunidan kuchga kirgan o‘zgartirishlar fuqarolarga qanday qo‘shimcha yengilliklar yaratishi va bu borada huquqiy tushuntirish ishlari qanday olib borilayotganiga to‘xtalib o‘tildi. Uchinchidan, shaffoflik va adolatni ta’minlash, jumladan, aholining murojaatlarini ko‘rib chiqishda meyoriy-byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsion xavflarning oldini olish va har bir fuqaroning haq-huquqlarini adolatli ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.
Suhbat yakunida Kengash raisi Sh. Xaytaxunov shunday deb ta’kidladi: "Bu qonun — yillar davomida o‘z uyiga hujjat ololmay sarson bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning muammosini uzil-kesil hal qilish uchun tarixiy imkoniyatdir. Tumanimizda bu jarayon qat’iy nazorat ostida, qonun ustuvorligi ta’minlangan holda va fuqarolar manfaatini
ko‘zlab amalga oshirilishi shart".
 

   

Slide 1 of 2