35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YER MASALASIDAGI MUROJAATLAR O‘RGANILIB, FUQAROLARGA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.
янв.21
“DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQD.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI O‘RGANILDI.
YER MASALASIDAGI MUROJAATLAR O‘RGANILIB, FUQAROLARGA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlari doirasida fuqarolarning yer munosabatlariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan, bugun doimiy komissiya a’zolari Ismailov Qamariddin Abdurahimovich va Usipxodjayev Yerlan Ormanovich hamda tuman Kengashi deputati,kotibiyat bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan tuman Kengashiga yer masalalari yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar qabuli amalga oshirildi.Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, yer munosabatlari, yer uchastkalaridan foydalanish hamda ushbu yo‘nalishdagi masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib,murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish hamda zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.Mazkur ishlar doimiy komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrar sohadagi masalalarni o‘rganish hamda qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatining amaliy ifodasidir.  

Slide 1 of 5