Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-"Changi" saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sport maktabida badiiy gimnastika yo‘nalishida olib borilayotgan mashg‘ulotlar kuzatilib, murabbiylar,yosh sportchilar hamda mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish sifati, sport inventarlari va mavjud sharoitlar, yosh sportchilarning mashg‘ulotlarga qamrovi hamda ularning musobaqalarga tayyorgarlik holati yuzasidan fikr almashildi.Suhbat davomida murabbiylar tomonidan mavjud yutuqlar, duch kelinayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat tomonidan sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.