Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputati Aleksandr Shapovalov tumanning "Bog‘zor" mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchashuvda tuman elektr tarmoqlari masʼul xodimi va mahalla faollari qatnshdi. Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilgan faoliyat yuzasidan axborot berdi.
✅Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi.
✅Ta'kidlanganidek, saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.