Yangiliklar

Deputat saylovchilarga axborot berdi.

11-sonli Xolimbeg saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Shuxrat Matirzayev 2026-yil davomidagi o`z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuvda Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi S.Sadikov, ma`sullar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Deputat axborotida tuman Kengashi faoliyati hamda hudud aholisi muammolarini o`rganish va ularni bartaraf qilish borasidagi amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi. Shuningdek qabul yangi qaror va farmonlar mazmun mohiyati tushuntirildi. 

Uchrashuvdan so`ng deputat 17-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari bilan uchrashdi hamda aholi muammolarini o`rgandi.

Slide 1 of 7