Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “2-Qurama” saylov okrugida 2026-yilning yanvar oyi uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati