Yangiliklar

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 19-sessiyasi bo`lib o`tdi.

Bugun tuman hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Elmurod Po‘latov, Kengash raisi Faxritdin Dadamatov, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sessiya Parkent tuman hokimligining rasmiy kanalida online yoritildi. Sessiyada tumanimiz hayotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Savol-javoblarga boy o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 7