Xorijiy investitsiya hisobidan tashkil qilingan qo‘shma korxona faoliyati o‘rganildi
🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari O.Babayev, E.Soliyev, J.Sadirov tomonlaridan tumanda faoliyat olib borayotgan “Energoqurilishindustriya” UK hududida tashkil etilgan “O‘zbekgidroenergo” AJga qarashli “UzHydroPower” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida korxona rahbarlari tomonidan ushbu qo‘shma korxonaning mamlakatimizdagi og‘ir sanoatdagi ulushi, gidroelektrostansiyalar uchun ishlab chiqilayotgan metall mahsulotlar, butlovchi qismlar hamda xom ashyolar zaxiralari haqida ma’lumotlari tinglandi.