Joriy yilning 5-dekabr kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o`z okrugidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-dekabr–“Konstitutsiya qabul qilinganligining 33 yilligi” munosabati bilan o`tkazilgan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” nomli tadbirda ishtirok etib,oʻquvchi yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, inson hayotidagi oʻrni haqida tushunchalar berdi. Tadbir davomida deputat Konstitutsiyamiz mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy poydevori bo`lib amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun huquqiy asos yaratilganligi to’g’risida so’zladi. Shuningdek B.Maxmudova “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi tarixi”kitobi bilan oʻquvchilarni tanishtirib, yigʻilganlarga ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qildi.