Yangiliklar

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Abdixayomova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosi yuzasidan “Markaziy” MFY bo‘yicha xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarini o‘rgandi.

🔹O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ko‘maklar hamda oilalarni ajrim holatlariga olib keluvchi sabablar muhokama qilindi.

Slide 1 of 1