Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!

Deputat so‘rovi — xalq vakilining qonunlarda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi muammolarni hal etishga ko‘maklashishning muhim huquqiy vositasidir.

📨 Kimga yuboriladi?
Deputat so‘rovi tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yuboriladi.

⏳ Javob berish muddati qancha?
Deputat so‘rovi olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay javob yuborilishi lozim.

✍️ Kim imzolaydi?
Javob so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifasini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.

⚖️ Qanday cheklovlar mavjud?
Sud raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlari rahbarlariga yuboriladigan deputat so‘rovlari ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.

📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni, 8-modda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlik nazoratini amalga oshirishda qonuniylik, mas’uliyat va fuqarolar manfaatlarini ustuvor deb biladi.

🔹 Deputat so‘rovi — muammoni ko‘tarish, mas’ullardan asosli javob olish va qonun ijrosini ta’minlash vositasidir.

Slide 1 of 1