Tumanda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, tumanda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tumanda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!