Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi

#Madad_NNT_bilan_hamkorlik #kotibiyat_mudiri_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak, murojaatlarni qabul qilish hamda ko‘rib chiqish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, aholiga qonunchilik hujjatlari mazmunini tushuntirish, turli huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida tashkilotga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan ham muloqot qilinib, ularning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish imkoniyatlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntirish, huquqiy masalalarda to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va xolislik tamoyillariga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam samaradorligini oshirish, aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga ko‘maklashish, shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishishdan iborat.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2