Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida kasb-hunarga bo‘lgan hurmat va qiziqishni shakllantirish, bolalarni turli kasblar bilan tanishtirish, ularning kelajakda o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos kasb tanlashlariga ko‘maklashishdan iborat. Tadbir davomida kasbning inson hayotidagi o‘rni, halol mehnatning qadri va har bir kasb egasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, farzandlarimizni kichik yoshdanoq mehnatsevarlik,
mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi bunday ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati qayd etildi.
 

Slide 1 of 3