DEPUTATLIK NAZORATI: DORIXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda Kengash deputati A. Jumaniyozov tomonidan tuman markazida joylashgan dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida dorixonalardagi dori vositalari narxlari, ularning sarflanishi va aholiga realizatsiya qilinishi bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dori vositalarining aholiga yetkazib berilishi, narxlarning belgilangan talablar asosida shakllanishi hamda fuqarolarning zarur dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — dorixonalarda qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va dori vositalari bilan ta’minlash jarayonida mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.