18-SONLI MAKTABDA SANITARIYA-GIGIYENA SHAROITLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida, birinchi navbatda, maktab o‘quvchilari foydalanishi uchun mo‘ljallangan hojatxonalarning sanitariya-gigiyena holati, tozaligi, ozodaligi hamda bolalar uchun qulayliklar yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilishidan maqsad — o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, maktabda sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishdan iborat.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan tegishli ishlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
🏛Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati