🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tuman markaziy poliklinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlarni qabul qilish jarayoni hamda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
🩺 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, bemorlarga qulay sharoit yaratish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolariga o‘z vaqtida yechim topish muhim vazifalardan biridir.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!