Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
KENGASH BINOSINI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

KENGASH BINOSINI KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligida Kengash faoliyati uchun ajratilgan binoda kapital ta’mirlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganishda Namangan shahar moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Axmedxodjayev hamda kapital ta’mirlash ishlarini bajaruvchi quruvchi ishtirok etdi. Jarayon davomida binoda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlari ko‘lami, ularni bajarish tartibi va belgilangan muddatlarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

Kengash raisi R. Isakov mas’ullarga kapital ta’mirlash ishlarini sifatli, puxta va belgilangan muddatlarda bajarish, qurilish talablariga qat’iy rioya etish hamda ishlarni tashkil etishda mas’uliyatni oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ta’mirlash jarayonida bajariladigan ishlarning sifati va muddatlarini doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda yakuniy natijaga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish Kengash faoliyati uchun ajratilgan binoda kapital ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish, ularning sifatli bajarilishini ta’minlash va kelgusida samarali faoliyat yuritish uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Slide 1 of 3