Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI

“BOBUR BOG‘I” ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi bilan tanishdi. O‘rganish davomida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullar bilan loyiha ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Umumiy qiymati 3,8 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida bog‘ hududiga 300 ta dekorativ chiroq, daraxtlar va yashil maydonlarni yoritish uchun esa 250 ta maxsus chiroq o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ochiq sahna va tadbirlar maydonchasi rekonstruksiya qilinib, kirish arkalari zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilanadi.

Loyiha doirasida hududning nafaqat tashqi qiyofasini yaxshilash, balki xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 20 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytirish, 6 ta yangi xizmat ko‘rsatish va servis obyektini tashkil etish hamda 110 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

O‘rganish yakunida shahar hokimi mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi hamda loyiha doirasidagi vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida “Bobur bog‘i”ning zamonaviy, obod va aholi uchun yanada qulay dam olish maskaniga aylanishi, shuningdek, hududda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5