Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Aholi murojaati — e’tibor markazida
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
NAMANGANDA BADIIY GIMNASTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI YAKUNLANDI

NAMANGANDA BADIIY GIMNASTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI YAKUNLANDI

Namangan viloyatida yoshlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi. Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda sportchilar o‘z mahorati, nafis harakatlari, jismoniy tayyorgarligi va yuksak sport salohiyatini namoyish etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoaviy hisobda Toshkent shahri birinchi, Buxoro viloyati ikkinchi, Samarqand viloyati uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxsiy ko‘pkurash bahslarida Kuzmenko Leysan oltin, Kagirova Sabina kumush, Mamadjanova Anora bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Guruh mashqlari bo‘yicha ko‘pkurashda Buxoro viloyati jamoasi birinchi, terma jamoa ikkinchi, Respublika sport ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, alohida sport anjomlari bilan bajarilgan mashqlar finallarida ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, viloyat sport boshqarmasi mas’ullari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Sportchilarga egallagan o‘rinlariga munosib ravishda medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur musobaqa yosh gimnastikachilarning mahoratini namoyon etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda badiiy gimnastika sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qildi. Bunday musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 6