Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar sporti va ta’lim maskanlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Bepul dori vositalari bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati tinglandi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, Kengashning Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, deputatlar G.Rahimova, Y.Maxkamova hamda M.Xojiyeva tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan Katta Namangan kanali boshqarmasi faoliyati hamda Namangan shahri hududidan o‘tuvchi kanallar bo‘yida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida kanallar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, suv obyektlarini muhofaza qilish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz ekologik muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kanal bo‘ylarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarning sanitariya-tozaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarining sifati va samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida tashkil etish masalalari mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalalarni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha ko‘rib chiqish uchun tegishli xulosalar shakllantirildi.

Slide 1 of 7