Aholi murojaatlari joyida o‘rganildi
❗️ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan Jangabay mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari hamda hududda mavjud muammolar o‘rganildi.
📍Jangabay MFY, Jangabay 2-ko‘chasida yashovchi fuqaro G.Shevaliyevaning murojaati yashash manziliga borilgan holda o‘rganildi. Suhbat davomida fuqaroning murojaati batafsil tinglandi.
✔️Fuqaroning murojaati deputatning “Fuqarolar murojaatlarini ko‘chama-ko‘cha aniqlash daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi.
📃 Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, murojaatning ijrosini nazoratga olish hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!