#Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko'p qavatli uylar ichki yo'laklari (podezdlari), yerto'lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 18-“Istiqlol” saylov okrugi deputati I.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylardagi yerto‘lalarning sanitariya-gigiyena holati, muhandislik kommunikatsiyalarining, jumladan, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarining ishlash darajasi ko‘zdan kechirildi.
🔹 O'rganish davomida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, kundalik hayotida uchrayotgan muammolar hamda murojaat va takliflari tinglandi.
🔹Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berish va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹Bunday o‘rganishlar hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!