Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Aholi murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
#Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko'p qavatli uylar ichki yo'laklari (podezdlari), yerto'lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va mavjudliligi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
📍 FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
Kengash_faoliyati

#doimiy_komissiya
#Viloyat_deputati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 33-sonli umumta’lim maktabida ta’lim qonunchiligi ijrosi o‘rganildi

✅Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Pardayev, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari I.Xalmatov hamda G.Xolmatovalar tumandagi 33-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

✅O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni — O‘RQ–637-sonli Qonun talablari asosida, maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnoma orqali amalga oshirildi.

✅Monitoring davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✅Dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quv dasturlarining bajarilishi, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash holati ko‘rib chiqildi.

✅O‘qituvchilarning kasbiy faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlariga rioya etilishi hamda kasbiy rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

✅Maktab binosi, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, kutubxona, sport zali hamda boshqa zarur infratuzilma obyektlarining holati o‘rganildi.

❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik:

✅Ta’lim muassasasining isitish tizimi, elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi, sanitariya-gigiyena holati hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish choralari ko‘zdan kechirildi.

✅Ota-onalar murojaatlari bilan ishlash, ularning takliflarini o‘rganish, maktab–mahalla–oila hamkorligini mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasi faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3