Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 25-Navrabot saylov okrugidan saylangan deputat S.Husenov okrugi hududidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H.Karayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov birgalikda saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.
🔹Uchrashuv davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan elektr ta'minotidagi muammolar, yo'llarni shag'allashtirish va asfaltlashtirish, tomarqa erlarini sug'orish uchun ariq chiqarish hamda mahalladagi ijtimoiy va infratuzilma masalalari yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlar tomonidan qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.
🔹Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.