35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uyg‘ur” MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
#Hududdagi investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
#aholi qabuli
янв.21
✅ Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
🦽 Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#deputat va biriktirilgan tashkilot bilan ish olib bormoqda
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi

Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Mansurxonov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri  B.Baxovadinov tomonidan tuman Soliq inspeksiyasida mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ularga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilish holati o‘rganildi.

🖋O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan ishlash, soliq tushumlarini oshirish, norasmiy bandlikni qisqartirish, soliq qonunchiligi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, soliq to‘lovchilarni hisobga olish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sayyor qabullarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

✅Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining qonunchilik talablariga muvofiq bajarilishi;
✅ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga soliq xizmatlarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi;
✅ Soliq qarzdorligini kamaytirish, soliqlarni undirish va budjetga tushumlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
✅Soliq to‘lovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berish;

O‘rganish davomida soliq bo‘limi mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda soliq sohasidagi qonunchilik talablarini amaliyotda to‘liq ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4