#Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati G.Mirbabayeva tomonidan O'rtasaroy MFY hududidagi 57-oilaviy poliklinikasida aholining imtiyozli toifalariga bepul dori vositalari bilan ta’minlash ishlari yuzasidan o'rganish olib borildi.
💊🩺O‘rganish davomida bepul tarqatiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash va hisobga olish tartibi, ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda belgilangan tartib asosida tarqatilishi holati ko‘rib chiqildi.
💊Shuningdek, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri shakllantirish, ta’minotning uzluksizligini ta’minlash, mavjud zaxiralarni samarali boshqarish va fuqarolarga shaffof hamda adolatli xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!