#Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich tomonidan "Qo‘shdaryo" MFY fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹Murojaatda mahalladagi eski yog‘och elektr ustunlaridagi elektr uzatish simlarini yangi o‘rnatilgan beton ustunlarga ko‘chirish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, deputat tomonidan holat joyida ko‘zdan kechirildi.
🔹O‘rganish jarayonida mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, elektr ta’minoti xavfsizligi va sifatini yaxshilash maqsadida zarur choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.
🔹Mazkur murojaat yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda elektr simlarini yangi beton ustunlarga o‘tkazish masalasini hal etish bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!