Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Paxta parvarishi ishlari o‘rganildi

 Keyingi manzilda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya a’zosi — Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich “Naymanko‘l” OFY hududidagi “Alisher” fermer xo‘jaligida bo‘lib, paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

🚜 O‘rganish davomida paxtani sug‘orish, oziqlantirish, begona o‘tlarga qarshi kurashish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

📌 Qayd etilganidek, paxta parvarishi ishlarini agrotexnik talablar asosida tashkil etish kelgusida mo‘l hosil yetishtirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Slide 1 of 1