Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududda bunyod etilayotgan Hamza mahallasi binosining qurilish jarayoni o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan loyiha talablari asosida olib borilishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, ishchilariga yaratib berilgan shart-sharoitlar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi holati yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sifati va ijrochilarning mas’uliyati masalalariga alohida e’tibor qaratildi.