Deputat tomonidan hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
️Bugun deputat Y.Musayev tomonidan mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi hamda bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hokim yordamchisining mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi faoliyati, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha olib borayotgan ishlari va joylarda belgilangan vazifalarning ijrosi o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!