Deputat ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Safarova hamda O'.Rajabovlar tomonidan "Oq ostona" mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida deputatlar Uzun tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli maktab ta’lim muassasalariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalafot o‘tkazish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Ijtimoiy soha obyektlarning xizmat ko‘rsatishi va bolalar hamda o‘quvchilarga zararsiz va xavfsiz ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ham tegishli mas’ullarga topshiriqlar berib o‘tildi.
O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson salomatligi va sog‘ligini ta’minlagan holda ish olib borish bo‘yicha har bir mas’ullar e’tiborini kuchaytirish barchamizning burchimizdir.