Yangiliklar

❄️ 1-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 1-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 1-sonli DMTTga tashrif buyurdi.

🏫 O‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida ko‘mir saqlash omborxonasi, mavjud zaxira va uning yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, mas’ullar bilan mavsumni betalofat o‘tkazish va yoqilg‘i zaxirasidan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.