Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TIKUVCHILIK XONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Saxovat mahallasidagi 6-Ravonlik saylov okrugi hududida joylashgan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik xonasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning tikuvchilik yo‘nalishida amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun qo‘shimcha 10 dona tikuv mashinasi zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat bildirildi. O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusida bandligini ta’minlash maqsadida ushbu ehtiyojni hal etish masalasiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3