Yangiliklar

❄️ 1-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

1-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

🏫 Tashrif davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan rahbariyat bilan fikr almashilib, mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.